2018 yil yanvar-noyabr oylarida 51 123ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilib, bu ko‘rsatkich 2017 yilning shu davriga nisbatan 32,8%ga ko‘pdir.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar Toshkent shahri (11655ta), Toshkent (4973ta), Samarqand (4451ta) va Farg‘ona (4046ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aksincha, Sirdaryo (1428ta), Navoiy (1913ta) hamda Xorazm (2133ta) viloyatlarida korxona va tashkilotlarni tashkil etish ko‘rsatkichi past darajani aks ettirgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ko‘rilganda, eng ko‘pi savdoda (10735ta), sanoatda (10442ta), qurilishda (5920ta) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (5282ta) sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (1106ta), axborot va aloqada (1160ta) hamda tashish va saqlashda (1946ta) tashkil etilganligi kuzatilmoqda.