Toshkentda China Expo «XXR Sintszyan mahsulotlari» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Iqtisodiyot 11:00 / 14.12.2018 7390

Har yili o‘tkazib kelinayotgan «CHINA EXPO: Xitoyning Shinjon o‘lkasi mahsulotlari va kichik biznes uchun uskunalar – 2018» xalqaro ko‘rgazmasi yana o‘z eshiklarini ochmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 18-20 dekabr kunlarida Yoshlar Ijodiyoti Saroyida sohaning yirik tadbirlaridan biri – uskunalar, mini-texnologiyalar, shuningdek kichik va xususiy biznes uchun tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

«Kichik biznes uchun uskunalar va mahsulotlar» – bu har yili o‘tkaziladigan Xitoy milliy iste'mol mahsulotlarining ko‘rgazma tadbiri bo‘lib, unda ishonchga sazovor bo‘lgan kompaniyalar o‘z mahsulotlari va yutuqlarini namoyish qiladilar.

Tashkilotchilar tashrif buyuruvchilar hamda ishtirokchilar uchun tig‘iz va ishbilarmonlarga munosib dastur taqdim etadilar, xitoylik ta'minotchilar bilan bevosita uchrashish imkoniyatini yaratadilar. Sizga qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, shuningdek sog‘liqni saqlash sohalariga oid mini-texnologiyalar ekspozitsiyalari namoyish etiladi.

Ko‘rgazmada «Duo Wei» Shinjon kompaniyasi, «Zhong Cha Sheng Huo», MChJ «Jin Ri», MTK «San Quan», MTK «Turan» va boshqa bir qator nufuzli kompaniyalar ishtirok etadilar.

Ko‘rgazma bo‘limlari:

  • Oziq-ovqat va qadoqlash;
  • Qurilish va qurilish materiallari;
  • Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari;
  • Tekstil, liboslar va poyabzal;
  • Transport xizmatlari;
  • Konsalting xizmatlari;
  • Kimyo sanoati;
  • Sog‘liqni saqlash sohasi mahsulotlari;
  • Metallik to‘rlar savdosi;
  • Energetika;
  • Po‘lat konstruksiyalar realizatsiyasi va boshqalar.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish orqali sizda quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:

  • Nafaqat innovatsiyalar bilan tanishish, balki o‘zingiz ishlayotgan va sizni qiziqtirgan sohadagi bozor mahsulotlari hamda yetkazib beruvchilar to‘g‘risida ma'lumot olishingiz mumkin;
  • Yangi ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatuvchi B2B uchrashuvlar. Ko‘rgazmada sizda ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashishdek ajoyib imkoniyat paydo bo‘ladi;
  • Norasmiy sharoitda qiziqtirgan savollarga javob olish va turli mavzularni muhokama qilish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga siz kompaniyalar vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish orqali o‘zingizni qiziqtirgan barcha ma'lumotlarni olasiz.

Tashrif buyuring! Biz sizni 18, 19, 20 dekabr kunlari Yoshlar Ijodiyoti Saroyida «Kichik biznes uchun uskunalar va mahsulotlar» ko‘rgazmasida kutib qolamiz. Tantanali ochilish marosimi 10:30 da bo‘lib o‘tadi.

Sanoatning eng ilg‘or texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

Ishonamizki ,ko‘rgazma doirasidagi uchrashuvlar, yangi hamkorlar bilan aloqalar ikki davlat o‘rtasidagi investitsion hamkorlikni kuchaytirish bilan birga sizning ishbilarmonlik imkoniyatlaringizni yanada kengaytiradi!

Bog‘lanish uchun raqamlar:

+998977613971, +998998149858, +998981237705, +998902821770, +998951449101, +998998727972, +998977331727, +998946671100, +998901768575, +998994840688

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: