O‘zbekistonda eng ko‘p soliqlarni savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari to‘lamoqda

Iqtisodiyot 12:50 / 13.12.2018 10991

Davlat soliq qo‘mitasi 2018 yilning 11 oyi davomida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ayrim asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sish dinamikasi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni 408,2 mingtadan 435,2 mingtaga yetdi yoki 27,0 mingtaga oshdi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 196,4 mingtadan 241,8 mingtaga yetdi (o‘sish 45,4 mingtaga). Byudjyetga soliq tushumlari 47,9 trln so‘mni tashkil etib, 41,8%ga o‘sdi.

Shundan:

savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalaridan tushumlar 5,5 trln so‘mni;

qurilish sohasi korxonalaridan tushumlar 3,1 trln so‘mni;

oziq-ovqat sanoati korxonalaridan tushumlar 1,6 trln so‘mni;

umumiy ovqatlanish korxonalaridan tushumlar 179,6 mlrd so‘mni;

boshqa korxonalardan tushumlar 4,1 trln so‘mni tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: