YeI O‘zbekiston mahsulotlari importi uchun bojsiz tariflarni taqdim etadi

Iqtisodiyot 21:00 / 26.11.2018 9815

Evropa Ittifoqi O‘zbekistonga "Asosiy imtiyozlar tizimi plyus" doirasida bir tomonlama tarif imtiyozlarini olishda yordam berishga tayyorligini tasdiqladi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Shunday qilib, O‘zbekiston YeI bozorlariga 6200 dan ortiq turdagi tovarlarni bojxona to‘lovisiz yetkazib berishi mumkin. Ushbu kelishuvga tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 21-23 noyabr kunlari Bryusselga tashrifi chog‘ida erishildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining 14-yig‘ilishida va “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” mintaqaviy uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, xalqaro hamkorlik va rivojlanish masalalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi komissari Neven Mimitsa, Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knyaysel, Belgiya tashqi ishlar vaziri Dide Reynders bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar 2019 yilda Bryusselda bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi O‘zbekiston-Yevropa uchrashuvi O‘zbekiston rahbarining Belgiyaga rasmiy tashrifi yuzasidan tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishib oldilar.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida 1999 yil 1 iyulda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Hamjamiyati va ularning a'zo davlatlari o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani almashtiradigan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim bo‘yicha muzokaralar boshlash haqida kelishuvga erishildi. Yevropa tomoni tegishli hujjati loyihasini taqdim etdi.

Tomonlar ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar, bugungi kunda talabgir bo‘lgan sohalarda mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda Yevropaning yetakchi universitetlari filiallari tarmog‘ini kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Evropa tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi, jumladan, tinchlik jarayoni bo‘yicha global va mintaqaviy konsensusni ishlab chiqish, transafg‘on transport va savdo yo‘llarini joriy etish tashabbusi, afg‘on ayollari uchun ta'lim dasturini ishlab chiqish kabi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan umumiy byudjyeti 25 mln yevro bo‘lgan "Chorvachilik sohasini rivojlantirish", "Respublika viloyatlarida adliya idoralari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirish" qo‘shma loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi vakillari 2019 yil o‘rtalarida o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan mintaqalararo hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi “Yo‘l xaritasi” bo‘ladigan YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan YeI strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldilar. Yevropa tomoni ushbu hujjatda Markaziy Osiyo davlatlari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga ko‘proq e'tibor qaratilishini qayd etdi.

Ko‘proq yangiliklar: