O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 27 noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 21, 67 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8299,20 so‘mga yetgan.
1 yevro kursi 39,99 so‘mga arzonlab, 9411,29 so‘mni tashkil qildi.
1 Rossiya rubli 0,17 so‘mga tushdi va 125,39 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.