«O‘zagrolizing» meva-sabzavot yetishtiruvchilar uchun mobil sex va mobil sovutgichlarni taklif etadi

Iqtisodiyot 17:30 / 23.11.2018 7454

«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati tashabbusi va muallifligi ostida «Tecno food Service» korxonasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk bor ko‘chma «meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan konteyner ko‘rinishidagi mobil sex» hamda «meva-sabzavotlarni o‘rtacha haroratda saqlaydigan mobil sovutgich»lar ishlab chiqarilmoqda.

Foto: O‘zagrolizing
Foto: O‘zagrolizing
Foto: O‘zagrolizing

«Meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan konteyner ko‘rinishidagi mobil sex»da meva va sabzavotlarni quritish, murabbo va turli ko‘rinishdagi mevali shirinliklarni tayyorlash va qadoqlash imkoniyatlari mavjud. Kuniga o‘rtacha 1 tonnagacha mahsulot tayyorlash quvvatiga ega.

«Meva-sabzavotlarni saqlaydigan mobil sovutgich»lar -5 dan +5 darajada va go‘sht mahsulotlari uchun -18 daraja haroratda ishlaydi hamda 10-15 tonna hajmdagi mahsulotlarni sig‘dira oladi.

Foto: O‘zagrolizing
Foto: O‘zagrolizing
Foto: O‘zagrolizing

Rejaga asosan, kelgusida yana 10 ta turli agrosanoat loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

Bular:

1. Parrandachilik uchun mini fermalar;

2. UZV tizimida ishlovchi baliqchilik mini fermalari;

3. Quyonchilik mini fermalari;

4. Asalarichilik uchun mini fermalar;

5. Go‘shtni qayta ishlovchi mini sexlar;

6. Sutni qayta ishlovchi mini sexlar;

7. Biogaz uskunalari;

8. Ko‘chma gaz quyish shoxobchalari;

9. Tomchilab sug‘orish mobil tizimlari;

10. Omuxta yem tayyorlash mini sexlari.

Foto: O‘zagrolizing
Foto: O‘zagrolizing

Ta'kidlash lozimki, mazkur mobil texnologiyalarning quyidagi bir qator afzalliklari mavjud: 

- Hududlardagi mahalliy hokimliklar tomonidan alohida yer maydonlari ajratish shart emas;

- Tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari olib borishga ham hojat yo‘q;

- Yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

- «O‘zagrolizing» AJ tomonidan mulk garovisiz taqdim qilinadi.

Mobil sex va mobil sovutgichlar tadbirkorlarga «O‘zagrolizing» AJ tomonidan to‘liq tayyor holda olib borib, o‘rnatib, ishlatib beriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni olish uchun «O‘zagrolizing» AJ Bosh binosiga tashrif buyurishingiz yoki telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin. 

Manzil: Toshkent shahri, Abay ko‘chasi 4a-uy 

Telefonlar: 0371 244 62 73, 0371 244 49 89, 0371 244 61 36, 0597 735 25 55

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: