Neft narxlari rekord darajada «quladi»

Iqtisodiyot 14:01 / 23.11.2018 23551

Brent turidagi neft bir barreli narxi 61,64 dollargacha tushib ketdi, bu 2018 yil boshidan buyon eng past ko‘rsatkich. Bundan Britaniyaning ICE birjasidagi savdolar natijalari darak bermoqda.

23 noyabr kuni ertalab Brent nefti bir barreli 2019 yil yanvar oyida yetkazib berilishi uchun fyuchersni 61,64 dollarga sotib olish mumkin edi. Xabar e'lon qilingan paytda u 61,83 dollargacha qimmatlashdi.

Amerikaning WTI turi bir barreli narxi ham yillik minimumni yangiladi. 23 noyabr kuni ertalab u 52,95 dollar turgan, xabar e'lon qilingan vaqtda esa - 53,21 dollar.

WTI turidagi neft Brent’ga qaraganda an'anaviy ravishda arzon. Buning sababi, uning kotirovkalari Oklaxoma shtatidagi Kushing shahrida joylashgan xabda o‘rnatiladi va transport xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi.

Oxirgi ikki hafta mobaynida neft narxi o‘n dollar pastga tushib ketdi. Savdodagi so‘nggi natijalar, tahlilchilarning fikricha, AQSh Energetika vazirligi statistika ma'lumotlari e'lon qilinishi bilan bog‘liq. Ularga ko‘ra, mamlakatda yoqilg‘i zaxiralari kutilgan 3.45 million o‘rniga 4.85 million barrelgacha oshdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq neft narxlari «qulagani» xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: