30 oktabrdan 8 noyabrga qadar Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi rasmiy organlari va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi o‘rtasida o‘tgan muhokamalarning mazmuniga doir ma'lumotlar taqdim etildi. Rasmiy organlar barcha jabhalarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Muhokamalar davomida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishga alohida e'tibor qaratildi: iqtisodiy vaziyatni rivojlantirish istiqbollari, ayniqsa, inflyatsiya prognozlari bo‘yicha, 2019 yil byudjyeti, kreditlash bozori segmentatsiyasi pasayishi, statistikani takomillashtirish hamda texnik yordam dasturlari koordinatsiyasini yaxshilash.
Iqtisodiy vaziyatni rivojlantirish istiqbollari
Tashqi savdo o‘sishni qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq import va eksport ma'lumotlari iqtisodiyotning erta "qizish" belgilari mavjudligini ko‘rsatmoqda. Uchinchi chorakda import o‘sishi yuqori ko‘rsatkichlarda davom etgan, bu nafaqat ichki talabning (ayniqsa, mashinalar va uskunalarga) faol o‘sishini, balki mahalliy oraliq tovarlar ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ham ko‘rsatadi. Shu bilan birga, uchinchi chorakda noxomashyo tovarlar eksporti sezilarli darajada sekinlashdi, bu, ehtimol, eksportning qisman ichki iste'molga qayta yo‘naltirilishi hisobiga qoplanuvchi ichki talab tomonidan bosimni aks ettiradi.
Tashqi pozitsiya yoki joriy operatsiyalar hisobi 2017 yildagi ijobiydan 2018 yilda salbiyga o‘zgaradi (YaIMning 3 foizi hajmidagi defitsit) va yaqin yillarda me'yoriy salbiy ko‘rsatkichlar darajasida qoladi. O‘zbekistonda keng tarqalgan fikrlarga qarshi o‘laroq, kichik tashqi defitsitlar iqtisodiyotga foyda va bu iqtisodiyotda islohotlar va modernizatsiya boshlanayotgan bir davr uchun kutilgan holat. Shu bilan birga, dastlabki bosqichda ichki talab tomonidan haddan tashqari bosimni yuzaga keltirayotgan makroiqtisodiy siyosat me'yorlariga tuzatish kiritish muhim.
Yalpi ichki mahsulot taxminan 5 foizga o‘sishda davom etgan. Uchinchi chorakda tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya, qurilish sohalari va ba'zi xizmatlar sektorlarida faol o‘sish saqlanib qolgan. Biroq jahon bozorlarida sotilishi mumkin bo‘lgan tovar ishlab chiqaruvchi va ayniqsa yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun katta ahamiyatga ega sektorlarda o‘sish ko‘rsatkichlari jonlanishiga doir belgilar u qadar sezilarli emas. Ushbu sektorlardagi o‘sish suratlarining pastligi elektr energiyasi va suv kabi oraliq resurslarga ega bo‘lish bilan bog‘liq muammolarni aks ettirishi taxmin qilinmoqda. Tashqi savdoga chiquvchi tovarlar ishlab chiqariluvchi sektorlarda o‘sishni rag‘batlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXI)ni jalb qilishga doir ishlarni kuchaytirish zarur.
Iste'mol narxlari indeksi inflyatsiyasi 2018 yil yakunlariga ko‘ra yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
2019 yilda bir necha omilga asoslangan qo‘shimcha inflyatsion bosim namoyon bo‘ladi: noyabr oyida energotashuvchilar narxining oshishi; noyabrda davlat sektoridagi maoshlarning 10 foizlik oshishi; 2018 yil davomida ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalari xodimlari ish haqining qo‘shimcha oshirilishi; 2018 yilning yanvaridan ta'sir qila boshlagan yanada yuqori bilvosita soliqlar; iste'mol tovarlariga ta'sirni kuchaytirish. Mazkur omillarni inobatga olgan holda, biz 2019 yilning oxiriga borib IPTs bo‘yicha inflyatsiya 17-18 foizgacha ko‘tarilishini taxmin qilamiz. Bu 2019 yilda rasmiy organlarning qat'iy monetar, kredit va soliq-byudjyet siyosatini yuritishga olib keladi.
Pul-kredit siyosati
Sentyabrda pul-kredit siyosati tegishli ravishda qat'iylashtirilgan. Pul oqimi ko‘rsatkichlarining o‘sishi sentabr davomida me'yoriy 11½ foizligicha qoldi. Shunga qaramay, ichki talabning tez o‘sishi va inflyatsiya rivojlanishdagi noqulay istiqbollar tufayli sentabrda O‘zbekiston Markaziy Banki (MB) qayta moliyalashtirish stavkasini 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi. Shu bilan birga, MB o‘zining almashuv kursini belgilab beruvchi fundamental omillardagi o‘zgarishlarga qarshi chiqishdan voz kechishga doir siyosatidan og‘ishmay, asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlardagi valyutalar kursi zaiflashuvi tendensiyalariga muvofiq almashuv kursida zaiflikka yo‘l qo‘ydi. Inflyatsiya suratlari kutilmaganda osha boshlasa, ehtimol, pul-kredit siyosatini qat'iylashtirish talab etiladi.
Hozirgi kunda Markaziy bankning pul-kredit siyosati vositalari umumiy monetar va kredit sharoitlariga cheklangan ta'sir ko‘rsatmoqda.
Kredit siyosati
Rasmiy organlar inflyatsiyani ushlab turish uchun kreditlash o‘sishini cheklash lozimligiga qo‘shilmoqda. Sentyabrga kelib iqtisodiyotni kreditlash 43,5 foizga oshdi (yillik miqdorda). Yangi kreditlarning taxminan 60 foizi hukumat qaroriga ko‘ra berildi va davlat manbalari, jumladan, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi. Bu qo‘shimcha kreditlashning yarmidan ko‘pi imtiyozli shartlarda ajratildi. Pul-kredit siyosati, an'anaviy byudjyet xarajatlari yoki soliq siyosatini belgilovchi prinsiplardan farqli o‘laroq, manzilli kreditlash shartlari va hajmlarini aniqlash prinsiplari biroz shaffof emas, kreditlash o‘sishini oshirish yoki pasaytirish haqidagi qarorlar esa, makroiqtisodiy siyosatning boshqa choralari bilan muvofiqlashtirilmagan holda qabul qilinmoqda. XVJ fikricha, 2019 yilda iqtisodiyotni kreditlashning o‘sishini taxminan 25 foizga pasaytirish kerak.
Rasmiy organlar ham kreditlash bozori segmentatsiyasini pasaytirish islohotning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi lozimligini bildirmoqda.
Soliq-byudjyet siyosati
O‘zbekistonda soliq-byudjyet siyosati ham an'anaviy fiskal operatsiyalar, ham iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llab-quvvatlashga kreditlash hajmini taqdim etish bo‘yicha operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi paytda soliq-byudjyet siyosati inflyatsiyani nazorat qilishning asosiy vositasi bo‘lib qolmoqda. Shu tariqa, hukumat birlamchi va ikkilamchi narxlar hamda ish haqlari o‘zgarishiga imkon bermaydigan byudjyet saldosiga erishishga bor e'tiborni qaratishi zarur, bunda inflyatsiya sur'atlarini doimiy ravishda nisbatan baland darajalarda saqlab qolishni rag‘batlantirish kerak.
2018 yilda soliq-byudjyet siyosati byudjyet rejali parametrlariga nisbatan nisbatan kengaygan bo‘ldi:
Yanvardan sentabrgacha konsolidatsiyalangan byudjyet saldosi YaIM 3,4 foizi miqdoridagi profitsit bilan tugadi, byudjyet bo‘yicha yil prognozida YaIMning 0,9 foizi miqdorida byudjyet profitsiti nazarda tutilgandi.
Aksincha, iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlash byudjyetda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda jiddiy qo‘shimcha rag‘batga aylandi.
Soliq-byudjyet siyosatining bu ikki jihati hisobga olinsa, 2018 yilda byudjyet umumiy defitsiti, prognozlarga ko‘ra, YaIMdan 2,5 foizni tashkil etadi, bu YaIM 1,5 foizi miqdoridagi byudjyet umumiy defitsitida nazarda tutilganidan YaIM 1 foiziga yuqori.
Hozirgi rejalardan kelib chiqsa, 2019 yilda soliq-byudjyet siyosati nisbatan kengaygan darajada saqlanib qoladi:
Missiya prognoziga ko‘ra, konsolidatsiyalangan byudjyet profitsiti YaIM 0,3 foiziga teng bo‘ladi, bu 2018 yilga nisbatan kuchsizlanishdir.
Iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlash bo‘yicha operatsiyalarga kelsak, rasmiy organlar ularni 2019 yilda YaIM 2,8 foiziga qadar pasaytirishni rejalashtirmoqda.
Soliq-byudjyet siyosatining bu ikki jihati hisobga olinsa, byudjyet umumiy defitsiti 2018 yilda erishilgan YaIM 2,5 foizlik darajada qoladi.
Ehtimoliy inflyatsion bosim e'tiborga olinsa, 2019 yilga prognoz qilinuvchi umumiy byudjyet defitsitini YaIM 2 foizi miqdorida ushlab qolish asosli bo‘ladi.
Qayd etilishicha, 2019 yilda soliq islohoti soliq siyosati bo‘yicha o‘rta muddatli choralar va soliq ma'muriyatchiligini mustahkamlash bo‘yicha qadamlar bilan kechishi kerak.
2018 yilda fiskal operatsiyalar qamrovini oshirishda ma'lum bir o‘zgarishga erishildi, biroq rasmiy organlarning ta'kidlashicha, byudjyetda barcha byudjyetdan tashqari operatsiyalar qamrovi uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinadi.
Rasmiy organlarning qayd etishicha, ular son jihatidan fiskal qoidalar joriy etish masalasini ko‘rib chiqishmoqda. O‘zbekistonning avvalgi fiskal siyosati prudentsial xarakterga ega bo‘lgan.
Tuzilmaviy islohotlar
Narxlarni erkinlashtirish tuzilmaviy islohotlarning muhim mavzusi bo‘lib qoladi. Sentyabrda nonga narxning erkinlashtirilishi fermerlik sektorini bozor prinsiplariga asoslangan g‘alla ishlab chiqarish amaliyotiga o‘tishga rag‘batlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Noyabr oyi o‘rtalarida energiya tashuvchilarga narxlarning o‘sishi energetika sektorining davlat korxonalarida yo‘qotishlarni bartaraf etish bo‘yicha muhim va ma'qullanuvchi qadamga aylandi; bu o‘sish energiya tejash bo‘yicha rag‘batlarni kuchaytirishi hamda bu sektorga xorijiy investorlarni jalb qilishi mumkin. O‘zbekiston narxlarni erkinlashtirishga bosqichma-bosqich yondashuvni tanladi, bu uning ijtimoiy va ishlab chiqarish bo‘yicha qisqa muddatli oqibatlarini yumshatadi.
Narxlarni erkinlashtirishni davlat korxonalari islohoti bilan to‘ldirish zarur. Kerakli islohotlar ko‘lami inobatga olinsa, hukumat bir korxonani boshqasining ortidan qayta tuzish uslubiyatini qabul qildi. Avvaliga islohotlar energetika sektori kompaniyalariga qaratiladi, keyin transport kompaniyalari, ayniqsa, milliy aviakompaniya va boshqa davlat korxonalari qamrab olinadi. Ushbu islohotning kun tartibi davlat korxonalari faoliyati sohalarini bo‘lib tashlash bo‘yicha tegishli qadamlar, xos bo‘lmagan funksiyalarni yo‘qotish va boshqaruvni boshqaruv, nazorat hamda tartibga solishga bo‘lib yuborish yo‘li bilan takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, davlat korxonalari sektorini qayta tuzish umumiy strategiyasi aks etgan islohotlar yo‘l xaritasi bu uslubiyat uchun foydali qo‘shimcha bo‘ladi.
Inklyuziv o‘sish
O‘zbekiston rasmiy organlari BMTning Barqaror taraqqiyot sohasida maqsadlari asosida inklyuziv o‘sish bo‘yicha kun tartibini yo‘lga qo‘ydi. Hukumatning yaqinda qabul qilingan qarori 2030 yilgacha milliy taraqqiyot bo‘yicha maqsadlar va vazifalarni, shuningdek, ularga erishish hamda bajarish bo‘yicha batafsil qadamlarni belgilab beradi. Bu jarayon moliya vaziri raisligidagi Muvofiqlashtiruvchi kengash nazoratida bo‘ladi. Barqaror taraqqiyot bo‘yicha asosiy maqsadlar inson kapitali va real kapitalni yig‘ishda ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.
Statistika
Iqtisodiy statistikani yaxshilashdagi o‘zgarish jiddiy bo‘ldi. Atigi bir yil avval kichik statistika ma'lumoti ochiq foydalanishda edi, boshqa ochiq statistik ma'lumotlar ko‘p hollarda shubhali sifatda bo‘lgan. Bu hukumat siyosati choralariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib, xorijiy investorlar va reyting baholarga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Mamlakat rasmiy organlari XVJning Ma'lumotlar tarqatish umumiy standarti kengaytirilgan tizimiga qo‘shildi, 2018 yilning boshidan boshlab barcha asosiy iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistikani Milliy yig‘ma ma'lumotlar sahifasida e'lon qila boshladi.
Rasmiy organlar bu erishilgan natijalarni yanada chuqurlashtirib borish niyatida. Xususan, Statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy bank statistikani yanada yaxshilash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mamlakat rasmiy organlari milliy hisoblar, to‘lov balansi hamda davlat moliyalarini yaxshilash uchun XVJning hozirgi texnik yordamidan to‘la foydalanishda davom etadi.
Texnik yordam koordinatsiyasi
Missiya va O‘zbekiston rasmiy organlari texnik yordam ko‘rsatish va koordinatsiyasini yaxshilash mumkinligini bildirmoqda. Hozirgi islohotlar iqtisodiyot, moliya hamda ijtimoiy siyosatning deyarli barcha sohalarini qamrab oladi, islohotlar esa siyosat choralari o‘zgarishi, buni amalga oshirish bo‘yicha salohiyatni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi. Bu murakkab jarayon hamda davlat korxonalari va moliya sektori islohotlari kabi yo‘nalishlarda texnik ko‘mak ko‘rsatishda kechikishga osonlik bilan olib kelishi mumkin.