«Malika» savdo majmuasidagi tadbirkorlar faoliyati cheklanyaptimi?
Joriy yilning 13 noyabr kuni «Malika» savdo majmuasida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida 13 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, chet elda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga yashirin yo‘llar orqali olib kirilib, hech qanday hujjatlarsiz maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan edi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi KUN.UZʼga xabar bergan.
Video: YouTube
Video: Tas-IX
Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maishiy texnika vositalari savdosiga ixtisoslashgan «Malika» savdo majmuasida «tadbirkorlarning do‘konlari yopib qo‘yildi» yoki «do‘konlarning 80 foizdan ortig‘i ishlamaydi» kabi mazmundagi fikr-mulohazalar ko‘paydi. KUN.UZ muxbiri masalaga aniqlik kiritish maqsadida «Malika» savdo majmuasidagi vaziyatni o‘rgandi.
Mulklari vaqtinchalik olib qo‘yilgan fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, Davlat soliq boshqarmasi xodimlari nazorat tekshiruvi o‘tkazishgan hamda fuqarolardan tadbirkorlik faoliyatiga qonuniy ruxsat beruvchi patentlarini ko‘rsatishni talab qilishgan. Bitta do‘konda bir nechta kishi bo‘lib, bir patent evaziga noqonuniy faoliyat yuritayotgan fuqarolarning uyali aloqa telefonlari va aksessuarlari masala sud tartibida hal bo‘lgunga qadar olib qo‘yilgan. Buni fuqarolarning o‘zi ham tasdiqlashdi. Ular ayblarini tan olishib, o‘zlari ham mas'uliyatsizlik qilishganini ta'kidlab o‘tishdi. Aytilishicha, ular o‘z faoliyatini qonuniylashtirish uchun tegishli hujjatlarni yig‘ishmoqda.
Ushbu fuqarolar 1 oy muddatda o‘z faoliyatini qonuniy asosda yo‘lga qo‘yib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tsa, ularga nisbatan hech qanday ma'muriy jarimalar qo‘llanmasdan, qonunchilik normalariga asosan vaqtincha olib qo‘yilgan mol-mulki sud tartibida qaytarib beriladi.
Xulosa qilish mumkinki, «Malika» savdo majmuasida ish jarayoni doimgidek qizg‘in kechib, barcha hujjatlarga ega, qonuniy yo‘l bilan ishlayotgan 80 foiz savdo do‘konlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasining ta'kidlashicha, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo bilan shug‘ullanishi uchun hech qanday to‘sqinlikka yo‘l qo‘yilmasligi ta'minlanadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54 / 14.04.2025
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30 / 14.04.2025
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26 / 14.04.2025
Mavzuga oid

15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman

08:08 / 10.06.2024
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi

19:38 / 08.06.2024
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?

14:34 / 18.03.2022