Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qisqa musiqiy lavhalar bilan boyitilgan TikTok ilovasiga qiziqishmoqda. Biroq 75 milliard dollar kapitalizatsiyaga ega startapning kelajagi haqida yorqin fikrlar bildirishga hali erta.
Avval, xitoyliklar uchun Whatsapp yo Telegram messenjerlarining muqobili WeChat ishlab chiqilgan bo‘lsa, keyinroq, Twitter sifat ijtimoiy tarmoq - Weibo ham paydo bo‘ldi. Shu kunlarda Chin xalqi orasida ommalashib borayotgan, raqsga tushib, fonogramma orqali qo‘shiq kuylash imkoniyatini taqdim etuvchi, qisqa musiqiy lavhalarni tarmoqqa yuklash «vazifasi»ni uddasidan chiqadigan TikTok yaratildi. U Instagram o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Onlayn bo‘lguvchi 800 million xitoylik foydalanuvchilarning ayni paytda tarmoqdagi taxminan 9 foiz vaqti TikTok'da o‘tmoqda. Ilovaning deyarli barcha aksiyalari esa 2012 yili 29 yoshli muhandis Ja Imin asos solgan Bytendace kompaniyasiga tegishli. Ilova har kuni 500 millionga yaqin yangi foydalanuvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. 2018 yil birinchi chorak yakuniga ko‘ra, TikTok eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxatida peshqadamga aylandi.
«Aslida soatlab vaqt sarflab musiqiy lavhani tarmoqqa yuklashdan manfaat topmaysiz », - deydi 20 yoshli talaba Dun Yasin.
Aslida TikTok formatidagi mobil ilova allaqachon AQShda ommalashgandi. 2014 yili asli xitoylik ishbilarmon Aleks Chju va Lui Yan Musical.ly musiqiy xizmatiga asos solib, ta'limga oid dasturni yaratishmoqchi bo‘lgandi. Ammo metro vagonida o‘smirlarning bir-biriga musiqa ohanglari ostida selfi-video yuborayotganini ko‘rgan Chju ilovaning maqsad va funksiyalarini o‘zgartirishga qaror qildi. Oradan vaqt o‘tib, Musical.ly 100 milliondan ortiq foydalanuvchi ega bo‘ldi.
Ikki yil o‘tib, o‘z faoliyatini Toutiao xabarlar agregatori xizmatidan boshlagan Xitoyning Bytedance kompaniyasi Douyin (TikTok'ni Xitoyda shunday atashadi) ilovasini taqdim etdi. Aftidan Douyin amerikalik «yo‘ldoshi»dan hech qanday farqqa ega emas. Ilovaning tez ommalashib ketishiga, albatta, o‘sha paytda Internet narxining arzonlashuvi, tezlik va uzatish sifatining oshishi ta'sir qildi . Tencent egalik qiluvchi WeChat (keyinroq, Weibo ham) raqobatdan qo‘rqib, turli bahonalar bilan TikTok orqali musiqiy lavhalar havolasini messenjerda ulashishni taqiqlab qo‘ydi. 2018 yilda Bytedance 800 million dollar evaziga Musical.ly'ni sotib oldi. Shunday qilib, Xitoy startapi boshqa xitoyliklar yaratgan ilova orqali AQSh va Yevropa bozoriga kirib bormoqda.
Facebook esa TikTok formatidagi Lasso ilovasini taqdim etdi. Bundan tashqari Xitoydagi kuchli senzura holati tadbirkorlarning ilovadan tijoriy maqsadlarda foydalanishga shoshiltirmayapti.