O‘zbekiston importga 15 mlrd dollar sarfladi

Iqtisodiyot 08:32 / 15.11.2018 16586

2018 yil yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 25 768,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,9% ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Eksport hajmi 10 258,0 mln. AQSh dollarga (4,1% ga kamaygan) va import hajmi 15 510,3 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 34,4%) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 5 252,3 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

Xitoy asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda, u bilan aylanma 5 mlrd. dollarni tashkil etdi, bundan 2,2 mlrd. AQSh dollari eksportga, 2,8 mlrd. AQSh dollari importga to‘g‘ri keldi.

Keyingi o‘rinlarda Rossiya ($4,5 mlrd.: eksport hajmi 1,6 mlrd. dollar va import 2,9 mlrd. dollar) hamda Qozog‘iston (2,3 mlrd: 1,1 mlrd. dollar eksport va 1,2 mlrd. dollar import).

Pulning katta qismi energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari (2 milliard dollar), xizmatlar (2,5 milliard dollar) va qimmatbaho metallar (1,5 milliard dollar) eksportidan kelib tushgan. Importga kelsak, bunda mashinalar va asbob-uskunalar (6,3 mlrd. dollar), kimyo mahsulotlari (2 mlrd. AQSh dollari), shuningdek xizmatlarga (1,8 mlrd. dollar) eng ko‘p pul sarflangan.

Ko‘proq yangiliklar: