Seshanba kuni neft narxlari bozordagi kayfiyatning keskin o‘zgarishi fonida 7% ga tushib ketdi. Bir oy oldin treyderlar bir barrel neft narxi 100 dollarga qaytishini taxmin qilishgandi, endi esa gap neftga qayta taklif haqida ketmoqda - narxlar 55-65 dollargacha tushib ketdi.
Seshanba, 13 noyabr kuni, Brent nefti uchun yanvar fyucherslari 4,65 dollarga (-6.6%) arzonlashdi va bir barrelga 65,47 dollarlik ko‘rsatkichda yopildi, Amerikaning WTI neftiga dekabr fyucherslari 4,24 dollarga tushib ketdi (-7,1%) - bir barrel uchun 55,69 dollargacha.
Xalqaro etalon bo‘lgan Brent nefti oktabr oyi boshidan beri (86,29 dollar) maksimumdan qariyb 25 foizga «quladi» va agar savdolar yopilishidagi narxlarga qaralsa, rasman «ayiq» sikliga kirdi (bear market - yaqindagi cho‘qqiga nisbatan 20 foizga tushish).
WTI ketma-ket 12-savdo sessiyasi davomida arzonlashdi - 1983 yildan beri butun savdolar tarixidagi qulash davomiyligi bo‘yicha rekord. Amerika nefti ham «ayiq» bosqichida.
Bir oy oldin bozorda neft kotirovkalari bir barrel uchun 100 dollarga qaytishi haqida gapirishgandi - bunday ssenariy Eronga qarshi takroriy qattiq sanksiyalar arafasida ko‘rildi.
Neft narxining qulashi OPeK hisoboti e'lon qilinganidan so‘ng yuz berdi, unda tashkilot 2018 va 2019 yillarga neft qazib olish bo‘yicha prognozni ko‘tardi, shuningdek, sentabr bilan solishtirganda oktabrda qazib olish hajmining oshishi bildirildi. Bozor o‘yinchilari taklifning ko‘pligiga reaksiya bildirishdi hamda barrel narxi pastga tushib ketdi.