Qozog‘iston ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda birja orqali 1500 tonna sement sotdi

Iqtisodiyot 15:50 / 14.11.2018 9554

«SAS-Tobe Technologies» - O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida akkreditatsiyadan o‘tgan Qozog‘istonning birinchi ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda u orqali savdo qila boshladi.

Qariyb ikki oy davomida birja orqali sotilgan sementning hajmi 1500 tonnaga yetdi. Kompaniya o‘zi ishlab chiqaruvchi mahsulotning 50% dan ortig‘ini O‘zbekistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda, bu esa har yili 250 ming tonna sement degani.

O‘zbekistondan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuvlar chog‘ida oyiga 10 ming tonna sement yetkazib berish uchun beshta beton ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik to‘g‘risida dastlabki bitimlar imzolandi.

Sinov loyihasi sifatida yo‘llar va uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanuvchi KTS Drilling mahalliy kompaniyasi tomonidan 2000 tonna sement sotib olinadi.

Ko‘proq yangiliklar: