​Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqda chop etish uchun fotoalbomlarni avtomatik tuzishni ishga tushirdi

Fan-texnika 18:04 / 13.11.2018 4856

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i «Fotolahzalar» deb nom olgan yangi servisini ishga tushirdi. Uning yordamida OK ilovalarining iOS va Android dagi foydalanuvchilari bir klik orqali smartfonidagi suratlar to‘plamini o‘z yaqinlari bilan bo‘lishishlari mumkin. Buning uchun rasmlar avtomatik tarzda suratga olish payti va joyi bo‘yicha guruhlanadi.

Yangi imkoniyatning sharofati bilan ta'til paytidagi suratlarni OK da o‘rtoqlar bilan bo‘lishish, muzey, teatr, konsertda olingan suratlar albomini namoyish qilish yoki oilaviy hordiq qanday o‘tganini ko‘rsatish mumkin.

Yangi servisda yaqin o‘tmishdagi esdalik lahzalardan iborat chop etishga tayyor albom to‘planadi.

Yaqinda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng servis, shuningdek, o‘z foydalanuvchilariga lenta orqali bo‘lishish imkoni bo‘lgan o‘tmishdagi yorqin xotiralarning tasodifiy tanlamasini taklif etadi.

Esdalik suratlardan guruhlangan fotosuratlar majmuasini yaratish uchun foydalanuvchi OK OK ilovasiga smartfonlagi albomiga kirishga ruxsat berishi lozim. Shundan so‘ng bir klik orqali fotolahzalar bilan bo‘lishish mumkin.

iOS smartfonlaridagi fotosuratlarning to‘plamlari iPhone dagi «Xotiralar» servisi bazasida shakllanadi. Android qurilmalaridagi fotosuratlarni OK mustaqil ravishda geoma'lumotlar va vaqt asosida guruhlarga ajratadi.

2017 yil mobaynida ijtimoiy tarmoqqa faqat mobil ilovalardan kiradigan OK ning har oylik auditoriyasi 17% ga oshib, 33 mln xos foydalanuvchilarga yetdi. Bunda auditoriyaning iOS va Android ilovalaridagi kunlik o‘sishi yil mobaynida 11%ni tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: