Samsung bukiluvchan ekranli smartfonni qachondan sotishi ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 11:43 / 12.11.2018 14651

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 2019 yil mart oyida Galaxy F bukiluvchan ekranli smartfon sotuvini boshlash niyatida. Bu haqda dushanba kuni Yonhap agentligi xabar berdi.

Uning sohadagi manbalari ma'lumotiga ko‘ra, kompaniya 2019 yil fevral oyida Galaxy S10 smartfonini, mart oyida - Galaxy F va beshinchi avloddagi (5G) mobil aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan S10 modelini taqdim etadi. Sharhlovchilar fikricha, bukiluvchan ekranli smartfonning taqdimoti fevral oyidagi Mobile World Congress mobil soha ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishi mumkin, savdolarning rasmiy boshlanishi esa mart oyiga rejalashtirilgan

Shu bilan birga, Samsung Electronics’ning IT va mobil qurilmalar bo‘limi rahbari Dong Jin Ko ma'lum qilishicha, kamida 1 million dona Galaxy F ishlab chiqariladi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, yangilik taxminan 1,8 ming dollarga tushadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: