Rossiyada istiqomat qiluvchi Irina Yermolenko «Mulk-Sarmoya BU» AJ (sobiq «Vaqt»)ning 20 foizini sotib oldi. Bundan «Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti.
«KorpInfo» telegram-kanalida e'tibor qaratishlaricha, ushbu bitim bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati bir aksiyasining birja bahosi 512 so‘mlik nominal qiymatda 514 so‘mni tashkil etgan. Bitim bo‘yicha aksiyalar to‘plami (401 785 dona) aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidan 21,97%ni tashkil qiladi.
Birja bitimining umumiy qiymati 206,51 mln so‘mga baholandi. Tranzaksiya «Nego board» (blok-treyding) T1 birja maydonchasida o‘tkazildi.
«Mulk-Sarmoya BU» AJ O‘zbekistondagi eng yirik brokerlik firmasidir. Nazorat to‘plami Davlat aktivlarini boshqarish markaziga tegishli.