PitchBook analitik kompaniyasi joriy yilda yopilib ketgan startaplar haqidagi ma'lumotlarni to‘pladi, Business Insider nashri esa ular orasidan eng qimmatlarini e'lon qildi.
Bu kompaniyalarning aksariyatiga bozorda mustahkam o‘rin egallash uchun investitsiya yetishmagan.
25. SDC materials
Avtomobil sanoati uchun nanomateriallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
2004 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $48 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $26 mln
2018 yil 1 fevralda yopilgan.
24. Senzari
Foydalanuvchining xohishlarini o‘rganib chiqib real vaqt rejimida tavsiyalar beradigan musiqa eshitish va filmlar tomosha qilish uchun mo‘ljallangan platforma.
2010 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $52 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $13 mln
2018 yil yanvarda yopilgan.
23. Industrial Origami
Ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar uchun mustahkam qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniya.
2003 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $58 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $41 mln
2018 yil aprelda yopilgan.
22. Claritas Genomics
Bolalar kasalliklarini diagnostika qiluvchi genetik laboratoriya.
2013 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $60 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $39 mln
2018 yil yanvarda yopilgan.
21. Apprenda
Korporativ takliflar ishlab chiqish uchun bulutli platforma.
2007 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $90 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $56 mln
2018 yil iyulda yopilgan.
20. Innovari
Energetika sanoati uchun interaktiv texnologik platforma. Kompaniyalar energiya zaxiralarini muqobillashtirish uchun sun'iy ong va katta hajmdagi ma'lumotlar tahlilidan foydalangan.
2011 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $94 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $12 mln
2018 yil martda yopilgan.
19. DataTorrent
Ma'lumotlarni qayta ishlaydigan striming platforma.
2012 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $96 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $24 mln
2018 yil mayda yopilgan.
18. Rennovia
Qayta tiklanadigan arzon xomashyodan tayyorlangan biologik asosdagi kimyoviy qo‘shimchalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
2009 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $99 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $69 mln
2018 yil martda yopilgan.
17. Navdy
Imo-ishoralar bilan boshqariladigan avtomobillar uchun proyektsion tizimlar ishlab chiqargan.
2012 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $100 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $80 mln
2018 yil yanvarda yopilgan.
16. EZhome
Obuna bo‘yicha maysalarni parvarishlar xizmati.
2014 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $102 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $20 mln
2018 yil fevralda yopilgan.
15. Winx
Terapevtik tizimlar ishlab chiqargan.
2007 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $115 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $77 mln
2018 yil yanvarda yopilgan.
14. Alphabet Energy
Termoelektrik generatorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
2009 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $118 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $78 mln
2018 yil avgustda yopilgan.
13. Paieon
Tibbiy tasvirlarni qayta ishlash texnologiyalari bilan shug‘ullangan.
2000 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $136 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $34 mln
2018 yil aprelda yopilgan.
12. Candescent Health
Radiologiya uchun bulutli dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi.
2009 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $145 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $94 mln
2018 yil martda yopilgan.
11. Primary Data
Korporativ ma'lumotlarni boshqarishni avtomatlashtirish platformasi.
2013 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $150 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $89 mln
2018 yil yanvarda yopilgan.
10. Fallbrook Technologies
Velosipedlar uchun avtomatik uzatmalar texnologiyasini ishlab chiqargan.
1998 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $169 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $171 mln
2018 yil martda yopilgan.
9. ReVision Optics
Ko‘z kasalliklarini davolash va ko‘zning tabiiy qarishini kechiktirish uchun ko‘z implantlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
1996 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $183 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $175 mln
2018 yil yanvarda yopilgan.
8. Medical Simulation
Kompaniya tibbiy ta'lim trenajyorlari ishlab chiqargan.
1998 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $194 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $55 mln
2018 yil mayda yopilgan.
7. Airware
Kompaniya dronlar yordamida tahliliy ma'lumotlar yig‘ish bilan shug‘ullangan.
2001 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $59 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $104 mln
2018 yil sentabrda yopilgan.
6. ItsOn
Mobil tarmoqlar samaradorligini oshirish uchun bulutli platforma.
2008 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $243 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $41 mln
2018 yil yanvarda yopilgan.
5. Shyp
Buyurtma bo‘yicha yetkazib berish xizmati.
2013 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $275 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $62 mln
2018 yil martda yopilgan.
4. Rethink Robotics
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
2008 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $291 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $150 mln
2018 yil oktabrda yopilgan.
3. Videology
Reklama bilan shug‘ullanuvchi televizion va videoplatforma.
2007 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $311 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $233 mln
2018 yil avgustda yopilgan.
2. Lytro
Yorug‘lik va uning yo‘nalishi haqidagi ma'lumotlarni qayd etuvchi kameralar ishlab chiqargan.
2006 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $360 mln
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $202 mln
2018 yil martda yopilgan.
1. Theranos
Qonni tezkor tahlil qilish uchun qurilmalar ishlab chiqargan. 2018 yil martda AQSh qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi Theranos rahbari Elizabet Xolms va kompaniyaning sobiq prezidenti Ramesh Balvani investorlar, shifokorlar va bemorlarga qonni tahlil qilish texnologiyasining ustunliklari haqida yolg‘on gapirgan hamda Theranos moliyaviy ko‘rsatkichlarini oshirib ko‘rsatgan, degan xulosaga kelgan.
2003 yilda tashkil etilgan.
Eng yuqori qiymati: $9 mlrd
Jalb etilgan mablag‘ miqdori: $910 mln
2018 yil sentabrda yopilgan.