Ruslan Nuriddinov jahon chempionatida bronza medal bilan kifoyalandi

Sport 20:55 / 09.11.2018 37674

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

9 noyabr kuni musobaqada -109 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Olimpiya va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Ruslan Nurutdinov himoya qildi.

Ammo u dast ko‘tarish bahslarida o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Siltab ko‘tarishda esa 227 kg. natija ko‘rsatdi va yakunda bronza medal bilan kifoyalandi.

Bungacha O‘zbekiston Ashxoboddagi chempionatda ikkita medal olgandi. Dastlab, 4 noyabr kuni -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 139 kg., siltab ko‘tarishda 180 kg. tosh ko‘tardi va umumiy hisobda 319 kg. natija ko‘rsatgan va kumush medal bilan taqdirlangandi. 8 noyabr kuni esa -102 kg vazn toifasidagi Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda jahon rekordini yangilab, oltin medalga ega chiqdi.

10 noyabr kuni jahon chempionati yakunlanadi. Turnirning so‘nggi kunida +109 kg vazn toifasida Rustam Jangabayev O‘zbekistonga navbatdagi medalni olib berish uchun harakat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: