Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Sport 15:24 / 04.12.2023 22458

Qatarda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishida kelgusi musobaqalarning mezbonlari aniqlandi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahri 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezboni sifatida e’lon qilingan. Mazkur turnir 2018 yilda ham O‘zbekistonga poytaxtiga ishonib topshirilgandi.

Kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining 2026 yilgi mezbonligi esa Xitoyning Ninbo shahriga berildi. Ushbu musobaqa 2024 yil Bahrayn, 2025 yil esa Norvegiya mezbonligida o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 4 dekabrdan Qatar davlatida og‘ir atletika bo‘yicha Gran-pri turniri boshlandi. Mazkur musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarni taqdim etadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: