Bangladesh va O‘zbekiston o‘zaro aviaqatnovlarni tiklaydi 

O‘zbekiston 18:38 / 06.05.2024 1272

Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklanishi mumkin. Bu haqda Bangladesh Vazirlar Mahkamasi kotibi Mahbub Husayn xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir Shayx Xasina rahbarligidagi Vazirlar Mahkamasi ikki tomonlama kelishuv loyihasini tasdiqlagan. 

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning qayta yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Bangladesh kabi tarix va madaniyatga boy mamlakatlarda turizm rivojiga yangi bosqich baxsh etadi», dedi u. 

Qayd qilinishicha, Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasida 1993-2005 yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: