Jurnalist va Mobile Research Group tahlilchisi Eldar Murtazin tvitterda "Yandeks" kompaniyasining smartfoni joylashtiriladigan quti suratini e'lon qildi.
Suratdan smartfon 5,65 dyuymli Full HD+ ekran, 8 yadroli protsessor, 4 gigabayt tezkor va 64 GB ichki xotiraga ega bo‘lishini ko‘rish mumkin. U NFC-chip bilan ham jihozlangan. YNDX-000SB deb nomlangan mazkur model Xitoyda ishlab chiqariladi.
"Yandeks" kompaniyasi smartfon chiqarishni rejalashtirgani haqidagi xabar iyul oyi o‘rtalarida paydo bo‘lgandi. OAVning ma'lumot berishicha, "Yandeks.Telefon" narxi 15–17 ming rubl bo‘ladi.