O‘ziga uchta kompaniyani birlashtirgan «VICTORY» kompaniyalar guruhi noyob xizmatlar majmuasini amalga oshiradi hamda tadbirkorlarning ehtiyojlarini va paydo bo‘ladigan muammolarini hisobga olgan holda, ularga qulayliklar yaratib, faoliyatini osonlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
- Qonunlar bilan o‘ralashib qoldingizmi?
- Tez-tez almashib kelayotgan qonunchilikka yetib ololmayapsizmi?
- Nizoda yutib chiqmoqchimisiz?
Bu masalalarda professional jamoa sizga yordam beradi.
Vaqtingizni tushunish qiyin bo‘lgan qonunlarni o‘rganishga emas, balki biznesni rivojlantirishga bag‘ishlamoqchimisiz?
Unda qulaylikni tanlang va quyidagi xizmatlarimizdan foydalaning:
- Har qanday murakkab iqtisodiy nizolarni bartaraf etish (bular — debitorlik qarzlarni undirish, soliq, bojxona, bank masalalari bo‘yicha nizolar, firmalarning ta'sischilari o‘rtasidagi hamda qurilish masalalari bo‘yicha nizolar va hokazo);
- Moliyaviy xo‘jalik faoliyatini huquqiy jihatdan olib borish (shuningdek, faoliyatga doir maslahatlar, qonunchilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma'lumot berish, hujjatlarni huquqiy ekspertiza qilish, mehnat shartnomalarini, lavozimiy yo‘riqnomalarini, ichki mehnat tartibining qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarini va boshqa lokal hujjatlarni ishlab chiqish);
- Huquqiy masalalar (soliqqa tortish, litsenziyalash va boshqalar) bo‘yicha hamda shartnomalarning loyihalariga advokatlik xulosalari berish;
- Tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy jihatdan yuritish;
- Kadastr masalalari: ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar tuzilganda xatarlarni aniqlash, o‘zboshimchalik bilan imorat qurish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha masalalar;
- Qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashda yuridik ko‘maklashish, pudratchilar bilan shartnomalarni ishlash chiqish. Qurilishga doir bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda yordamlashish, qurilishi tugallangan va tugallanmagan obektlarini davlat tomonidan qabul qilishida ko‘maklashish. Qurilishning foydalanishga topshirilganligi dalolatnomasini olish;
- Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, tugatish, bankrotlik.
Bizning 10 yillik yuridik ko‘mak ko‘rsatish amaliyotimiz ishbilarmon odamlarning biznes yurituvida paydo bo‘ladigan muammolarini hal qilishga, biznesni yuridik jihatdan haqqoniy olib borishingizga, tushunmaydigan narsalaringizni tushunishga, biznesning samaradorligini oshirish maqsadida qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llashga, o‘zingizga bo‘lgan katta ishonch bilan ishlashga yordam beradi.
Bizning telefonlarimiz: +998 (90) 925-96-81; +998 (90) 935-96-81;
+998 (98) 306-96-81; (71) 150-05-38
web: www.victory.uz; E-mail: victory-yur@mail.ru
Reklama huquqi asosida