Moliya vazirligi kelgusi yilda qancha mablag‘ davlat qarzlarini to‘lashga yo‘naltirilishini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekiston davlat qarzlarini ado etishga 2 trln 619 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan 2019 yil davlat byudjyeti parametrlariga bag‘ishlangan uchrashuvda shunday bayonot berdi. Vazir o‘rinbosari, shuningdek, kelgusi yilda kutilayotgan yirik xarajatlar xususida ham axborot berdi.
Shunday qilib, 2019 yilgi davlat byudjyetida quyidagi yirik dasturlarni moliyalashtirish ham rejalashtirilmoqda:
- Davlat teatrlari, muzeylar va madaniyat uylarini hamda madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish va tiklash bo‘yicha moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash dasturlariga – 173,5 mlrd so‘m;
- Jamoat ishlari jamg‘armasi orqali vaqtinchalik ishlayotgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash Dasturi – 414,0 mlrd so‘m;
- “Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi”ga har yili ajrtiladigan subsidiyalar – 300 mlrd so‘m,
- “Yoshlar Kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirishga – 200 mlrd so‘m,
- “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi (kapital qo‘yilmalardan tashqari) – 500 mlrd. so‘m;
- xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat jamg‘armasiga – 300 mlrd so‘m,
- shahar, tuman, posyolkalarni obodonlashtirish (liftlarni almashtirish, tashqi yoritish tizimlari, issiqlik ta'minoti, ichki yo‘llarni ta'mirlash) 719,7 mlrd so‘m;
- “Toza hudud” dasturi bo‘yicha chiqindi yig‘ish punktlarini qurish va maxsus texnikalar bilan ta'minlashga -163,4 mlrd so‘mga;
Davlat byudjyetiga nazarda tutilmagan boshqa xarajatlarga – 3 trln 551,5 mlrd so‘m ajratiladi.
Davlat dasturlariga kiritilmagan boshqa yirik xarajatlar ro‘yxatiga aynan davlat qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar ham qo‘shilgan.
- Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan subsidiyalar – 4700 mlrd so‘m;
- Davlat qarzini qoplash xarajatlariga 2619,0 mlrd so‘m
- Suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli suv nasoslarining elektr energiyasi uchun sarflanadigan xarajatlar – 2961,3 mlrd so‘m.