YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur'atlari pasayishini taxmin qildi

Iqtisodiyot 17:34 / 01.11.2018 16593

Markaziy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish 2018 va 2019 yillarda sekinlashadi, bu mintaqada byudjyet konsolidatsiyasi zarurati va qazib olish sektoridagi o‘sish sur'atlari pasayishini aks ettiradi, deya ta'kidlaydi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB).

YeTTBning «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» so‘nggi hisobotida ko‘rsatilishicha, mintaqada o‘sish sur'atlari 2017 yildagi 4,8%dan 2018 yildagi 4,6%gacha pasayadi. Bu byudjyet konsolidatsiyasi choralari va Qirg‘izistonda oltin qazib olishning keskin pasayishi natijasida yuz beradi, deya xabar qilishdi YeTTBning Qirg‘iziston Respublikasidagi vakolatxonasidan.

Kutilishicha, 2019 yilda o‘sish sur'atlari yanada pasayadi - qazib olish sektorida daromadlar tushishi hamda real daromadlar va shaxsiy iste'mol o‘sishini cheklovchi inflyatsiya darajasi ko‘tarilishi sharoitida 4,2%gacha.

Shunga qaramay, hisobotda qayd etilishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari miqdori tiklanishda davom etmoqda, ammo ular 2013-2014 yillardagi inqirozdan avvalgi darajadan pastligicha qolmoqda.

«O‘zbekistonda joriy yilda iqtisodiy o‘sish birmuncha sekinlashdi, bu savdo balansining defitsitga o‘tishi va narxlar ko‘tarilishi tufayli uy xo‘jaligi iste'moli o‘sishining pasayishini aks ettiradi», - deyiladi hisobotda.

Bank mutaxassislari fikricha, O‘zbekistonda islohotlarni ilgari surish kelgusi yillarda barqaror o‘sish uchun poydevor yaratishi bilan bir qatorda, narxlar va valyuta kursining erkinlashtirilishi, subsidiyalar qisqarishi narxlarni o‘zgartirish hamda ikki sonli inflyatsiyaga olib keldi.

O‘sish sur'atlari 2017 yildagi 5,3%dan 2018 yilda 5%gacha va 2019 yilda 5%gacha pasayishi mumkin, bu esa inflyatsiya va savdo balansi defitsiti keyingi ortishi oqibatida aholi real daromadlari o‘sishining sekinlashuvi natijasida yuz beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekspert O‘zbekiston yevrobondlar chiqarganidan so‘ng rivojlanayotgan bozorlar inqiroziga tushib qolishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: