Yurtimizning iqtisodiy ravnaq topishida bank sektori alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, sog‘lom raqobat muhitida aholi va ishbilarmonlarga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishda xususiy tijorat banklarining hissasi katta.
Biz ana shunday banklardan biri — Aktsiyadorlik tijorat banki «Invest Finance Bank»ning Samarqand viloyat filialida bo‘ldik. Mazkur bank filiali Samarqand shahrining O‘zbekiston ko‘chasida 2015 yil 20 oktabrdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
«InFinBank» filiali o‘tgan qisqa muddat ichida tadbirkorlar va fuqarolarning ishonchini qozondi. Bank filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab bera turib, uning boshqaruvchisi Aziz Xodjayev «InFinBank»ning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan gap ochdi:
«Bankimizning missiyasi — mijozlarimiz biznesi hajmining o‘sishi va kompaniyasi qiymatini ko‘paytirishda ko‘maklashishdir. Bizning asosiy maqsadimiz — har bir mijozga jahon bank ishi sohasining zamonaviy yutuqlari hamda innovatsion g‘oyalarga asoslangan to‘la majmuadagi bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim eta oluvchi universal yuqori texnologiyali moliya institutini yaratishdan iborat», — dedi A.Xodjayev.
Aytish mumkinki,«InFinBank»da mijozlarga xizmat ko‘rsatishda innovatsion usullarni joriy etish namunali tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, «InFinOnline-24» internet banking xizmati dunyoning istalgan nuqtasidan to‘lash imkoniyatini yaratuvchi va sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun davomida uzluksiz foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir.
Jismoniy shaxslarga xalqaro pul o‘tkazmalarini jo‘natish va olish xizmati, shuningdek, xorijiy valyutada Union Pay International va VISA International plastik kartalarini ochish va unga xizmat ko‘rsatish ham so‘nggi paytlarda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan eng talabgir xizmatlar sirasiga kiradi.
Ma'lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2018 yil 7 iyunda«Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi PQ-3777-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta'minlash nazarda tutilgan.
Jumladan, «InFinBank»ning Samarqand viloyat filiali tomonidan ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish istagida bo‘lganlar «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida mablag‘ bilan ta'minlab kelinmoqda.
Mazkur dastur doirasida oilaviy biznesini rivojlantirish uchun bankdan pul mablag‘lari olgan fuqarolardan Samarqand tumanidan Abdurahmon Hasanov tovuqchilikni rivojlantirish, Mohichehra Samatova tikuv mashinalari sotib olish, Nigora Pirnazarova esa 2000 ta tovuq va ularga yem sotib olish uchun 25 million so‘mdan pul mablag‘lari olishgan.
— Ikki yildan buyon oila a'zolarimiz bilan o‘z uyimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanamiz. 300 ga yaqin tovug‘imiz bor, uni gril qilib pishirib aholiga sotamiz. Bundan tashqari, 500 ga yaqin bedana boqib, uning tuxumini, go‘shtini realizatsiya qilib kelayotgan edik. Bedana koni foyda, bir yilda 240 kun davomida har kuni tuxum beradi. Endi shuni sonini ko‘paytirish uchun dastur doirasida mablag‘ olayapman, — deydi Samarqand shahri «Xalifa Ibrohim» MFYda istiqomat qiluvchi tadbirkor Nodirbek Rizayev.
Mijozning ko‘rsatilayotgan xizmat uchun bankdan mamnun bo‘lishi «InFinBank» uchun bosh mezon ekanligiga guvoh bo‘ldik. Ishga sidqidildan yondashuv, xizmatlarini tez va sifatli taqdim etish — mazkur bankning asosiy ish yo‘rig‘i bo‘lib qolaveradi.
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri
Reklama huquqi asosida