Fransiyaning Alandia Industries O‘zbekistonning past rentabelli korxonalarini qayta tiklash bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida xabar berildi, deb yozmoqda Spot.
Alandia direktori Nikolya Jyermeyning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya konsultant sifatida ishtirok etishga va korxonani qayta tuzish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun zarur ishchi guruhni tanlashda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor.
«Yana bir mexanizmda kamida 300 nafar xodimi bo‘lgan muammoli korxonani xarid qilish, uni qayta tuzish metodologiyasi va strategiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan», - dedi Jyermey.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda muvaffaqiyatli faoliyat yuritadigan korxona mahalliy yoki xorijiy investorga sotishga tayyorlanadi.
Bundan tashqari, kompaniya muammoli kompaniyani qisman yoki to‘liq ishonchli boshqaruvga olishga tayyor.