Turkiya kompaniyasi Samarqanddagi oltin konlarini o‘zlashtirishda yordam beradi

Iqtisodiyot 11:20 / 26.10.2018 9065

Samarqand viloyatidagi G‘allabuloq va Qushtepada oltinga oid obektlarni o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida Davlat geologiya qo‘mitasi va Turkiyaning «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlarini hamkorlikda olib borishga doir memorandum imzolandi. Bu haqda «Davgeolqo‘m» Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Foto: uzgeolcom.uz

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi 328-sonli qarori bilan strategik jihatdan muhim bo‘lgan qattiq foydali qazilmalarning 111ta istiqbolli maydonlari va 29ta koni ro‘yxati tasdiqlangan va ularni geologik o‘rganish va o‘zlashtirish uchun chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda. 

Ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Davgeolqo‘m tomonidan Turkiyaning «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatining G‘allabuloq va Qushtepa obektlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va oltinga oid obektlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilish masalasi ishlab chiqilgan.

Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, ilgari tomonlar o‘rtasida memorandum va qayd etilgan obektlar uchun oshkor qilmaslik to‘g‘risida kelishuv imzolangan va loyihada ishtirok etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun geologik materiallar Turkiya tomoniga belgilangan tartibda berilgan.

Foto: uzgeolcom.uz

Materiallarni o‘rganish doirasida turk va nemis ekspert–geologlari tomonidan joylarga chiqilgan, namunalar olingan hamda Turkiya va Kanadadagi xalqaro laboratoriyalarda tahlil qilgan holda obektni o‘rganish tashkil etilgan. O‘rganish yakunlari bo‘yicha «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi tomonidan loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirilgan. 

2018 yil 25 oktabrda loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi, unga binoan, birinchi bosqichda «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi keyingi yillarda quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavjud resurs bazasi to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish va tarixiy geologik qidiruv ma'lumotlari, shu jumladan xalqaro standartlardan foydalanishni tasdiqlash uchun obektlarda tekshiruv punktlarini ochish; texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uchun metallurgik sinovlarini o‘tkazish; oltin zaxiralarini rivojlantirish uchun PTEO (taxminiy texnik-iqtisodiy asoslar) loyihasini ishlab chiqish.

Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan so‘ng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari to‘g‘risida kelishadilar.

Ko‘proq yangiliklar: