Tojikiston elektr energiyasi eksportining asosiy hajmi O‘zbekiston va Afg‘onistonga to‘g‘ri kelmoqda

Iqtisodiyot 11:24 / 25.10.2018 10799

Tojikiston sentabr oyida o‘z elektr energiyasini sotishda davom etdi, bu vaqt davomida mamlakatda hududlar aholisi o‘z uylarida chiroqning yo‘qligi bilan bog‘liq muammoga duch kelishdi, deya xabar beradi «Aziya-Plyus».

Tojik energetiklari eksport hajmini bir oz qisqartirishdi. Shu tariqa, qo‘shni O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish o‘tgan oyda deyarli ikki barobarga kamaydi, deyiladi «Tojikistondagi monitoring va erta ogohlantirish» hisobotida.

Joriy yilning sentabr oyida o‘zbek iste'molchilari taxminan 182 mln. kVt.ch Tojikiston elektr energiyasini qabul qilib olishdi. Bu shu yilning avgust oyidagi hajm bilan taqqoslaganda 200 million kVt.s.ga kam.

O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni bosqichma-bosqich qisqartirish iyul oyidagi yuqori hajmdan keyin (417 mln. KVt.s.) yuz bermoqda. Bunga qadar qo‘shni respublika shu yilning aprelidan har oyda Tojikiston elektr energiyasini 110-120 mln kilovatt-soat hajmda oldi. Shu tariqa, joriy yilning aprel-sentabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga 1,3 milliard kilovatt-soatdan ko‘proq elektr energiyasi eksport qildi.

Tojikiston ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, shu yil O‘zbekistonga kamida 1,5 mlrd. KVt.s. elektr energiyasi yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan. Har bir kilovattning narxi 2 AQSh sentiga teng bo‘lishi kerak.

Ta'kidlash joizki, Tojikiston joriy yilning aprelidan boshlab to‘qqiz yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi.

Sentyabr oyida Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti hajmi ham kamaydi: avvalgi oylardagi 200 million kVt.s.dan sentabrdagi 158 mln. kVt.s.gacha.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti elektr energetikasi bo‘yicha yangi qarorni imzolagandi.

Ko‘proq yangiliklar: