Surxondaryoda yirik to‘qimachilik korxonasi ishga tushdi

Iqtisodiyot 16:35 / 25.10.2018 15237

Bugun, 25 oktabr kuni Surxondaryo viloyatida mahalliy sharoitda yetishtirilgan sifatli paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir yangi korxona foydalanishga topshirildi.

Denov tumanidagi “Shashmoxkashob Tekstil” MChJ yiliga 6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi. Uning ishga tushirilishi 300 ta ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

2019 yilda mazkur korxonani kengaytirish hisobidan yiliga 7 mln. pogonometr trikotaj va to‘quvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha yana 350 yangi o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda.

“Shashmoxkashob Tekstil” MChJning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Bahodir Po‘latov ushbu to‘qimachilik korxonasi mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini ta'kidladi. Ishda fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning bir guruhiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Ko‘proq yangiliklar: