O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Iqtisodiyot 17:11 / 22.10.2018 55595

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 23 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 18,06 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8226,10 so‘mga yetgan. 

1 yevro 19,43 so‘mga arzonlab, 9470,43 so‘mni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 1,91 so‘mga o‘sdi va 1 rubl 125,76 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi sentabr oyi boshidan buyon har hafta uzluksiz ko‘tarilib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: