Volkswagen Shanxay yaqinida elektromobillar zavodi qurishni boshladi

Fan-texnika 23:15 / 19.10.2018 3617

Volkswagen avtokonserni xitoylik hamkori SAIC Motor bilan birga Shanxay yaqinida Audi, Skoda va Volkswagen brendlari ostida elektromobillar va akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi zavod qurishni boshladi. Ushbu zavod qurilishiga kiritiladigan sarmoyalar hajmi 17 mlrd yuanni (2,45 mlrd dollar) tashkil qiladi.  

SAIC Volkswagen deb nomlanuvchi ushbu zavod avtomobillar Volkswagen tomonidan joriy yil sentabrida taqdim qilingan eng yangi elektr privod modul platformasidagina (MEB) yig‘iladigan dunyodagi ilk zavod bo‘ladi.

Zavodda elektromobillar 2020 yilda ishlab chiqarilishi boshlanishi kerak, zavod quvvati yiliga 300 ming mashinani tashkil qiladi. Volkswagen rejalarida Yevropa, Xitoy va AQShdagi zavodlarida 2025 yilgacha 50 ta modeldagi elektromobil ishlab chiqarish rejasi bor. Joriy haftada Volkswagen raqobatchisi – AQShning Tesla kompaniyasi avtomobil akkumulyatorlari zavodi Gigafactory quriladigan joy bo‘yicha bir qarorga keldi. Ushbu zavod ham Shanxay yaqinida quriladigan bo‘ldi.  

Ko‘proq yangiliklar: