O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tovar aylanmasini 40 foizga oshirdi

Iqtisodiyot 14:22 / 18.10.2018 9916

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tovar aylanmasi 2018 yilda 40 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Sergey Levin payshanba kuni ma'lum qildi.

«Qishloq xo‘jaligi tovar aylanmasi barqaror va izchil o‘sib bormoqda. Shuni ta'kidlashni istardimki, umumiy tovar aylanmasiga nisbatan jadal sur'atlarda o‘smoqda. 2018 yilda u 40 foizdan ko‘proqqa oshdi, o‘sish bir necha yildan beri kuzatilmoqda», - dedi Levin mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya forumi ochilishida.

Bugun Toshkentda mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha birinchi forum boshlandi, uning doirasida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, mintaqalarning eksport salohiyatini tahlil qilish masalalari muhokama etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18-19 oktabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Kutilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya yetakchisi juma kuni forumda ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: