JV MAN Auto-Uzbekistan Tojikistondagi «Sinov mexanika zavodi» YoAJ bilan kompaniya umumiy qiymati 1 481 200 AQSh dollariga teng 14 dona MAN TGS 41.400 8x4 BB samosvalini yetkazib berish bo‘yicha kontrakt tuzdi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu avtomobil-samosvallar ortdan to‘kiladigan 20 m3 hajmli kuzovga ega, yuk ko‘tarish qobiliyati – 28 tonna, qoya toshlar va yirik bo‘lakli materiallardan tashqari, inert materiallar (tuproq, shag‘al, qum, mayda tosh, asfalt-beton va sh.k.) tashishga mo‘ljallangan.
Ular, shuningdek, Common Rail zamonaviy yoqilg‘i uzatish tizimli qudratli tejamkor D20 dvigateli, 16 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, kuchaytirilgan ressor osmasi, ABSli barabanli tormoz, elektron nazorat tizimlari va qulay kunduzgi kabina bilan jihozlangan.
Bugungi kunga qadar umumiy summasi 1 163 800 AQSh dollariga teng 11 dona avtomobil jo‘natildi.