Dollar tez orada inqirozga yuz tutishi taxmin qilinmoqda

Iqtisodiyot 00:03 / 17.10.2018 72021

2024 yilga borib dollar taxminan 40 foizga pasayishi kutilmoqda. A.G. Bisset Associates LLC bosh ijrochi direktori Ulf Lindal shunday bayonot bilan chiqdi, deya xabar beradi Bloomberg. 

Lindalning so‘zlariga ko‘ra, 1970-yillardan dollar 15 yillik pasayish va o‘sish davrini takrorlamoqda. Ushbu sxema bu safar ham takrorlanadi. U 2024 yilga borib Amerika valyutasi bir yevro uchun 2 dollargacha, 75 iyen uchun 1 dollargacha pasayib ketishini taxmin qilmoqda, bunda sentabrdan taxminan 41 va 33 foizlik yo‘qotish qayd etiladi. Bu 2022 yilga borib bir yevro 1,28 dollar bo‘lishini taxmin qilayotgan Bloomberg tahlilchilarining prognozlaridan ancha farq qiladi. 

Dollarning o‘tgan yilgi 9 foizlik pasayishi va Bridgewater Associates'dagi Rey Dalioning sentabr oyidagi kursning keskin pasayishiga oid prognozi Lindalning hisob-kitoblarini tasdiqlamoqda. 

Kursning pasayishi aksiyalarning sotilishiga va xomashyo tovarlari narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Lindal. Bozorning ko‘p ishtirokchilari dollar kursi o‘zgarishining mantiqini tushuna olmasligi amerikalik bo‘lmagan sarmoyachilar uchun "45 yil ichida eng xavfli investitsion iqlim"ni yuzaga keltiradi, zero ular valyutalar kursining tebralishidan yetarlicha himoyalanmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: