2018 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya 5 mlrd dollarlik tovar aylanmasiga chiqishi mumkin

Iqtisodiyot 16:31 / 17.10.2018 5906

2018 yil yakunlari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston 5 milliard dollarlik tovar aylanmasiga chiqishi mumkin.

«Bizning fikrcha, joriy yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston bilan tovar aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud», - dedi Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga.

Yuriy Ushakov
Foto: Petr Kassin / Kommersant'

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 3,7 milliard dollarni tashkil etdi. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida u 32 foizga oshdi.

«Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston rahbarlarining sammitida hukumat rahbarlari darajasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi mexanizmini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, - deya xabar berdi u. - Ya'ni, hukumatlararo komissiyani O‘zbekiston va Rossiya tomonidan bosh vazirlar boshqaradi». «Bu, albatta, kelgusi rivojlanishdan yuqori darajada manfaatdorlik borligining belgisi», - deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya prezidenti yordamchisi ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida faol hamkorlikni qayd etdi, bu yil ikki mamlakat o‘rtasida bunday mahsulotlarni yetkazib berish 40 foizga oshdi.

Ko‘proq yangiliklar: