O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar-sentabr oylarida 23 mlrd dollarni tashkil qildi

Iqtisodiyot 10:54 / 16.10.2018 7467

2018 yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 23 044,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,2%ga o‘sdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, eksport hajmi 9 367,6 mln. AQSh dollarga (0,4%ga kamaygan) va import hajmi 13 677,1 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 33,3%) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 4 309,5 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9% oshdi va 38,6%ni tashkil etdi.

Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 66,3%ni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 61,4%ga tushdi.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida eksport hajmi 9 367,6 mln. AQSh dollarga (0,4%ga kamaygan) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlarning ulushi 75,9%ga ega bo‘lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (20,2%), oziq-ovqat mahsulotlari (8,8%), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,3%) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xizmatlar eksporti hajmi 2257,3 mln. AQSh dollarini yoki jami eksport hajmining 24,1%ini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,9%ga o‘sganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlaridan iborat.

Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 37,1%ini tashkil qiladi. 

Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar tashlansa, asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat ekanligini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: