O‘zbekiston import imtiyozlarini uzaytirish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar olib bormoqda

Iqtisodiyot 18:12 / 16.10.2018 8659

O‘zbekiston ayrim tovarlarni AQShga import qilish uchun imtiyozlar tizimida ishtirok etishni uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Jamshid Xo‘jayev
Foto: Xalqaro press-klub

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga 4 mingdan ortiq o‘zbek tovarlari kiradi.

«Bizda GSP bor va biz eng yaxshi imtiyozlarni olyapmiz. Hozir gap uzaytirish haqida ketmoqda. O‘zbekistonda intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida uchta xalqaro hujjatga qo‘shilish bo‘yicha ish olib borilmoqda», - dedi Xo‘jayev.

O‘zbekistonda Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga qo‘shilish bo‘yicha masala ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: