2018 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 873,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 649,4 mln. AQSh dollariga eksport qilindi (o‘sish sur'ati 50,0%). Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 512,6 ming tonnadan ko‘proq sabzavotlar 231,4 mln. AQSh dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 265,7 ming tonnaga ko‘p miqdorda eksport qilingan.
Shuningdek, 229,3 ming tonna meva va rezavorlar 305,8 mln. AQSh dollariga eksport qilingan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 ming tonnaga ko‘p..