Shimoliy Koreyaning foydali qazilmalari zaxirasi 3,3 trillion dollarga baholandi

Foto: Kobiz Media
Shimoliy Koreya egalik qiladigan foydali qazilmalar zaxirasi 3,3 trln dollarga baholandi. Bu Janubiy Koreyanikidan 15 marta ko‘proqdir, deb aytilgan Janubiy Koreyaning Ma'danli zaxiralar korporatsiyasi dokladida.
Dokladga ko‘ra, Shimoliy Koreya 6 mlrd tonna magnezit, 2 mln tonna grafit va 250 ming tonna volframga ega. Pxenyan ularni qazib olish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan 40 ta kelishuv imzolagan. Bu kompaniyalardan 90 foizi Xitoy kompaniyalaridir.
Janubiy Koreyaning hukmron Demokratik partiyasi “Toburo” deputati Pak Chjun Xitoyning Shimoliy Koreyaning foydali qazilmalari bozorida yetakchilik qilayotganidan xavotir bildirgan va Seulni bu qazilmalar olinishiga iloji boricha tezroq qo‘shilishga chaqirgan.
“Agar Janub Shimolning zaxiralariga ruxsat olsa, unda biz bir necha asr davomida ulardan barqaror foydalana olamiz”, deb aytgan deputat. Uning ta'kidlashicha, hukumat tezkorlik bilan tegishli choralar qabul qilishi lozim.
Shimoliy Koreya protsessorlar, smartfonlar va boshqa yuqori texnologik mahsulotlarni tayyorlashda qo‘llanuvchi noyob metallarning dunyodagi eng katta zaxiralariga ega. Shu bilan birga, ushbu davlatla bu zaxiralarni qazib olishga mo‘ljallangan zamonaviy qurilmalar deyarli yo‘q. Bundan tashqari, Pxenyanga BMT sanksiyalari sababli bu foydali qazilmalarni sotish taqiqlangan.
Mavzuga oid

19:41 / 26.02.2025
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi foydali qazilmalar to‘g‘risidagi bitim matni chop etildi

01:23 / 23.02.2025
AQSh Ukraina bilan qazilma boyliklar bitimi shartlarini keskinlashtirdi

14:17 / 17.02.2025
Ukraina tabiiy resurslardan foydalanish borasida AQSh bilan bahslashmoqda

14:08 / 07.02.2025