Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush tufayli o‘z raketalari aniqligini oshirdi
Raketalarning aniqligi ortib borayotgani Shimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidan raketa texnologiyasini sinovdan o‘tkazish uchun muvaffaqiyatli foydalanayotganidan dalolat beradi, deya xabar beradi Reuters manbalari.

Foto: picture-alliance
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda qo‘llayotgan Shimoliy Koreya ballistik raketalari 2024 yil dekabr oyi oxiridan boshlab ancha aniqroq bo‘ldi. Bu haqda 6 fevral, payshanba kuni Ukrainaning ikki yuqori martabali manbasiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Ukrainaga qarata otilgan snaryadlar 50-100 metrdan ko‘p bo‘lmagan og‘ish bilan mo‘ljallangan nishonlarga tegishni boshlagan bo‘lsa, ilgari raketalarning aniqligi 1-3 kmni tashkil qilgan. Bu Shimoliy Koreya o‘zining raketa texnologiyasini sinovdan o‘tkazish uchun jang maydonidan muvaffaqiyatli foydalanayotganini ko‘rsatadi, dedi Reuters'ning armiyadagi va Ukraina hukumatidagi ismi sir qolishni istagan manbalari.
Seuldagi Asan siyosatshunoslik institutining qurol-yarog‘ bo‘yicha eksperti Yang Vuk agentlikka uning Ukrainadagi manbalari Shimoliy Koreya Rossiyaga topshirgan raketalarning so‘nggi partiyalarida yaxshilangan samaradorlik ham tasdiqlanganini aytdi. «Chunki ular raketalarni ishlab chiqaradi va mijozlardan – Rossiya armiyasidan fikr-mulohaza oladi, ular ishonchliroq raketalarni yaratish uchun zarur bo‘lgan tajribaga ega bo‘ladi», deb tushuntirdi ekspert.
Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shinlar yuborishga tayyorlanmoqda
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bir necha ming shimoliy koreyalik askarini yo‘qotganidan so‘ng Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natishga qaror qildi, deb xabar bermoqda 24 yanvar kuni "Renxap" axborot agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib.
Departamentning eslatishicha, 11 ming kishidan iborat birinchi guruh yuborilganiga deyarli to‘rt oy bo‘ldi. Bu vaqt ichida u uchdan bir qismga qisqardi va bir nechta Shimoliy Koreya askari asirga olindi. Shunga qaramay, KXDR Rossiya armiyasiga yordam berish uchun qo‘shimcha kuchlar yuborishga tayyorgarlikni kuchaytirdi, deb ta’kidladi qo‘mita.
22 yanvar kuni Pentagondagi yuqori martabali manba The New York Times (NYT) nashriga xuddi shunday ma’lumotni yetkazdi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya yaqin ikki oy ichida Rossiyaga qo‘shimcha kuchlar yuboradi. Biroq, na Pentagon, na Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi harbiy xizmatchilar sonini aniqlashtirmadi. Avvalroq Moskva Pxenyanga har bir askar uchun ikki ming dollar to‘layotgani ma’lum qilingandi, bu KXDR fuqarosining 83 yillik maoshiga teng.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:34
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025