Dunyo bo‘ylab Internet tarmog‘ida 11 oktabr kuni uzilishlar yuz beradi

Fan-texnika 13:47 / 11.10.2018 7140

11 oktabrda Xalqaro domen nomlarini boshqarish bo‘yicha korporatsiyaning (ICANN) kriptografik kalitlari o‘zgarishi munosabati bilan dunyodagi foydalanuvchilar Internetdagi nosozlikka duch kelishadi, deya xabar beradi «Izvestiya».

Mutaxassislarning aytishicha, gap butunjahon tarmog‘i ishidagi global muammolar haqida ketayotgani yo‘q. Mobile Research Group tahlilchisi Eldor Murtazinning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar 48 soat ichida ba'zi qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ba'zi resurslarga kirish, Internet-sahifalarni yuklash bilan bog‘liq muammolar yuz berishi mumkin.

Ayrim foydalanuvchilar eski uskunalarga ega provayderdan foydalansalar, tarmoqqa ulanish bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash kelishadi.

Bunday holda, bu hodisa kutilganidek katta bo‘lmaydi. Dastlabki testlar o‘tkazildi, ular kalitlarni almashtirish jarayoni minimal muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Xususan, raqamli iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassis Arseniy Shcheltsinning aniqlik kiritishicha, asosiy dasturiy ta'minot allaqachon muvaffaqiyatli yangilanganligi sababli hech qanday tashvish kelib chiqishi kerak emas. 

Kriptografik kalitlarni o‘zgartirishning jarayoni infratuzilma uchun har kuni yuzaga keladigan tahdidlarning sezilarli darajada rivojlanishi tufayli yuz beradi.

Ko‘proq yangiliklar: