1 milliard rubllik kelishuv: «Rudgormash» O‘zbekistonga oltin qazib olish uchun uskunalar yetkazib beradi

Iqtisodiyot 14:12 / 11.10.2018 9101

Rossiyaning «Rudgormash» kompaniyasi O‘zbekistonga oltin qazib olish uskunalarini yetkazib berish uchun 1 milliard rubl (15 million dollar) miqdorida shartnoma imzoladi. Bu haqda ushbu kompaniya prezidenti Anatoliy Chekmenev «Kommersant'» nashriga aytib o‘tdi.

«Bu yil O‘zbekiston oltin qazib olish sanoatiga yetkazib berish bo‘yicha juda katta buyurtmani amalga oshirmoqdamiz, narx bo‘yicha u 1 milliard rubldan ortiq. Ushbu shartnomaga muvofiq, biz ular uchun burg‘ilash qurilmalari va ehtiyot qismlarini yetkazib berdik. Lekin bu hammasi emas. Ma'lum bo‘lishicha, yangi oltin konlari o‘zlashtirilmoqda, u yerda texnikalar zarur bo‘ladi. Umid qilamanki, bizning hamkorligimiz davom etadi, sababi «Rudgormash» texnikasi ularga yoqmoqda», - dedi Chekmenev.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi yil biz ular bilan xuddi hozirgidek hajmda ishlaymiz», - deya qo‘shimcha qildi u.

Anatoliy Chekmenev
Foto: Rudgormash

«Rudgormash» tog‘-kon texnikasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning ishlab chiqarish maydonlari Voronej shahridagi Levoberejniy tumanida, taxminan 60 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unda quyma, payvandlash, termal, galvanik, plazmali kesish va mexanik ishlov berish sexlari bor.

Ko‘proq yangiliklar: