Venesuelada inflyatsiya yil boshidan sentabr oxirigacha 81 foizdan ko‘proqni tashkil qilgan, yil oxirigacha esa 1000000 foizdan oshib ketadi. Bunday ma'lumotlarni mamlakat milliy assambleyasining moliyaviy masalalar qo‘mitasi rahbari, deputat Rafael Gusman keltirib o‘tgan.
“Sentyabrdagi inflyatsiya bo‘yicha ma'lumotlarni keltiramiz: bir oy ichida 233,3 foizlik, yil boshidan esa 81043 foizlik inflyatsiya, yil oxiriga prognoz esa 1030281 foiz. Shak-shubhasiz, hukumatning iqtisodiy choralari muvaffaqitsizlikka uchradi va inqirozni chuqurlashtirdi”, deb yozgan Gusman tvitterda. Deputatning aytishicha, mamlakatda bir yildan beri giperinflyatsiya saqlanib qolmoqda, narx-navo oshishi indeksi esa har oy rekord o‘rnatmoqda, bu esa barchaga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Venesuelada narxlar oshishi haqidagi rasmiy ma'lumotlar bir necha yildan beri e'lon qilinmaydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya yil oxirigacha million foizga yetishi mumkin.
Mamlakatda 20 avgustdan milliy valyuta denominatsiya qilina boshlangan. Unga ko‘ra, kupyuralardagi 5 ta nol olib tashlangan va yangi valyuta – suveren bolivar petro kriptovalyutasiga bog‘lab qo‘yilgan.