Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) 2019 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish prognozini 5 foizlik darajada saqlab qoldi. Bu haqda jahon iqtisodiyotining oktabr oyi tahlilida aytiladi (World Economic Outlook, WEO).
Aprel oyi prognozida Xalqaro valyuta jamg‘armasi respublika iqtisodiyoti 2018 yilda 5 foizga, 2019 yilda ham shuncha foizga o‘sishi haqida yozgandi. Prognoz o‘zgargani yo‘q.
MDH mamlakatlari iqtisodiyotida 2018 yilda XVJ 2,3 foiz, 2019 yilda esa 2,4 foizlik o‘sishni kutmoqda. Rossiyani hisobga olinmaganda, joriy yilda MDH mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 3,9 foizlik darajada o‘sadi (avvalroq 3,6 foizga o‘sishi kutilgandi), 2019 yilda - 3,6 foiz (0,1 foiz punktiga pasayish).
Jahon bankining baholashicha, 2018-2019 yillarda jahon iqtisodiyoti o‘sishi, aksincha, past bo‘ladi - 3,9% o‘rniga yillik 3,7%.
Prognozning pasayishi shakllanayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘ldi: 2018 yilda YaIM o‘sishi 4,7 foizni tashkil etadi (ilgari 4,9 foizga baholangandi), 2019 yilda - 5,1 foiz o‘rniga 4,7 foiz.
Rivojlangan mamlakatlarda YaIM o‘sishi prognozi 2018 yilda o‘zgarishsiz qoldi - 2,4%, 2019 yilda prognoz 0,1%ga kamaydi - 2,1%.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq XVJ O‘zbekistonga alohida banklarni xususiylashtirishni tavsiya qilgandi.