Mogilyovning «Mogoteks» OAJ O‘zbekiston kuch tuzilmalari uchun innovatsion matolarni yetkazib berish maqsadida 300 ming AQSh dollariga teng shartnoma imzoladi.
Kelishuvga sentabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan Made in Belarus ko‘rgazmasi doirasida erishildi.
Korxona o‘z mahsulotlarini Belarus yengil sanoat korxonalari jamoaviy stendida namoyish etdi. Ular forma va maxsus kiyim uchun innovatsion matolar edi.
Aramid tolali va antistatik ipdan tikilgan erkaklar kostyumi katta qiziqish uyg‘otdi - bu maxsus kiyim yonmaydi va elektr ta'siridan himoya qiladi.
«Ko‘rgazmada «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan qo‘shma uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda to‘qimachilik sanoatining 20ga yaqin kompaniyasi ishtirok etdi. Ularning barchasi, shu jumladan, «Mogoteks» o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikka qiziqmoqda. Biz samarali muzokaralar olib bordik», - dedi korxona bosh direktori Viktor Matiyevich.