«Zarubejneft» va «O‘zbekneftgaz» noyabr oyida O‘zbekistondagi konlarda hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzolash borasida muzokara olib boradi, deb xabar berdi TASS.
Qayd etilishicha, kompaniyalar «Andijonneft» AJ konlarida neft qazib olish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Shu yilning yozida ikki kompaniya o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.
«Noyabrda keyingi bosqichga o‘tishni rejalashtirmoqdamiz –aniq konlar bo‘yicha kelishib olinadi va bitim imzolash bo‘yicha muzokaralar boshlaymiz. Kelasi yil boshida shartnomalar imzolanishi mumkin», - dedi «Zarubejneft» kompaniyasi vakili.