Rossiya Markaziy banki neft narxi 35 dollargacha tushib ketishi mumkinligini istisno qilmayapti

Iqtisodiyot 22:45 / 08.10.2018 8154

Rossiya Markaziy banki o‘z prognozlarida Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qolishidan kelib chiqadi, deb ma'lum qildi bank raisi birinchi o‘rinbosari Kseniya Yudayeva. Uning aytishicha, Markaziy bank neftning narxi 35 dollargacha tushib ketishi va sanksiyalar kuchaytirilishini ko‘zda tutuvchi xatarli ssenariyni ham istisno qilmayapti.

Ushbu ssenariy bo‘yicha neft narxi 2019 yilda hozirgi qiymatiga nisbatan keskin pasayib, kelgusida ham past qiymatda saqlanib qolishi ko‘zda tutilgan. Bu inflyatsiyaning tezlashishi va yalpi ichki mahsulot o‘sishi sur'atlarining pasayishiga olib keladi.

Markaziy bankning bazaviy ssenariysida Urals neftining joriy 70 dollardan 2020-2021 yillarda 55 dollargacha pasayishi ko‘zda tutilgan. Yana bir ssenariyga ko‘ra, neft narxi 70 dollarligicha saqlanib qoladi. 

Ko‘proq yangiliklar: