Moliya vazirligi yilning III choragida qancha mablag‘ o‘zlashtirib yuborilganini ma'lum qildi

Iqtisodiyot 14:04 / 08.10.2018 19797

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 3-choragida hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida byudjyet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi. 

O‘tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 16,6 mlrd so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 4,5 mlrd so‘mni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 mlrd so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta'minlandi hamda 710 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjyet intizomini buzgan byudjyet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln so‘m miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: