Ishlovchi pensionerlarning qaysi biri to‘liq pensiya oladi?

Iqtisodiyot 14:31 / 08.10.2018 47942

100 foiz pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan ishlovchi pensionerlar toifalarining to‘liq ro‘yxati Norma tomonidan taqdim etildi.
 
Joriy yil iyun oyida byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘liq miqdorda to‘lashni taklif etgan edi. Sentyabr oyida Prezident farmonining tegishli loyihasi QHTBT portalida umum muhokamasiga qo‘yildi. Turli sanalar tilga olindi: 2018 yil 1 oktabrdan, 2019 yil 1 yanvardan… Ayni paytgacha bironta sana uzil-kesil tasdiqlanmadi, hujjat qabul qilinmadi, hozircha hammasi loyiha darajasida turibdi.
 
Mamlakatdagi ishlovchi pensionerlarning aksariyati ilgarigidek tayinlangan pensiyaning yarmini olyapti (20.11.1995 yildagi PF–1289-son farmon). To‘liq pensiya to‘lanadigan ayrim toifadagi fuqarolar bundan mustasno. So‘nggi paytda ularning ro‘yxati ancha kengaydi. Ushbu masalani tartibga soluvchi ko‘pgina hujjatlar qabul qilindi. Biroq shu paytgacha 100 foiz pensiya oladigan ishlovchi pensionerlarning barcha toifalari bitta to‘liq ro‘yxat holiga keltirilmagan, ular turli normativ hujjatlarda alohida ko‘rsatilgan. 
 
Barcha ishlovchi pensionerlarga to‘liq pensiya to‘lash haqida uzil-kesil qaror qabul qilinmagan ekan, 100% pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha ishlovchi pensionerlar ko‘rsatilgan yig‘ma jadvalni e'tiboringizga havola etamiz. 

Ko‘proq yangiliklar: