OAV: dollarning gegemoniyasi tugamoqda

Iqtisodiyot 14:19 / 04.10.2018 70990

Dunyo bozorlarida dollarning gegemoniyasiga zarar yetdi, jahon yetakchilari esa uning hukmron pozitsiyasini tan olishdan bosh tortishni boshladilar. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, AQSh hozircha bozorlarda dunyo miqyosida yetakchilik qilmoqda, sababi dollar hozircha talabga ega, ammo dollarga bo‘lgan talabni qanday saqlab qolish borasida savol mavjud. Material muallifining aytishicha, bunday usullar orasida diplomatik aloqalarni saqlab qolish, AQSh savdo hamkorlari uchun dollar qulayligini saqlash va valyutadan boshqa davlatlar uchun «tayoq» sifatida foydalanishdan bosh tortish bor.

Shu bilan birga, agentlikning ta'kidlashicha, dunyoda dollardan asta-sekin voz kechish boshlangan. Xususan, Rossiya AQSh valyutasidagi o‘z aktivlarini kamaytirmoqda, Xitoy esa energetika bozorida yuanlarda shartnomalar tuzishga kirishdi. Fransiya moliya vaziri Bruno Le Mer YeIni AQShga qaram sifatida ko‘rishni xohlamasligi, Qo‘shma Shtatlardan «to‘liq mustaqil» moliyaviy vositalarga ega bo‘lishni istashi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh iqtisodiyoti 2020 yilda turg‘unlikka tushishi mumkin ekani xabar qilingandi

 

Ko‘proq yangiliklar: